avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
16.03.2026 12:20
Bu yilning o‘zida ishga tushadigan loyihalar hisobga olinsa, misni chuqur qayta ishlash quvvatlari 240 ming tonnaga yetadi. Yaqin ikki-uch yildagi yangi loyihalar hisobiga quvvatlar bundan ham oshadi.

Dunyoda ham mazkur xomashyoga bo‘lgan talab kundan kunga ortib borayotgani ta’kidlandi. Chunki mis bugungi kunda sanoat, energetika, elektrotexnika, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt, “yashil” taraqqiyot uchun strategik xomashyoga aylanib bo‘ldi.

Kimki mis sanoatida yuqori qiymat zanjirini yaratsa, kelajak sanoatini barpo etgan bo‘ladi. Qaysi davlat bu xomashyoni chuqur qayta ishlash uchun kuchli infratuzilma yaratsa, u minglab oilalarga daromad, hududlarga taraqqiyot, mamlakatga qudrat olib keladi.

Shu bois, biz islohotlarimizning ilk kunlaridan geologiya-qidiruv ishlariga alohida e’tibor qaratib, mavjud zaxiralar va ularni ishga solish bo‘yicha imkoniyatlarimizni belgilab
oldik”,
– dedi Prezidentimiz.

Misol uchun, “Yoshlik-1” koni. Yaqin-yaqingacha ko‘pchilik “Bu konni o‘zlashtirish qiyin, imkoniyatimiz yetmaydi, eplay olmaymiz” deb o‘ylardi. Vaholanki, joriy yilning o‘zida ushbu kondan 20 million tonna ruda qazib olinadi. Bu raqam kelgusi ikki yilda 60 million tonnaga yetadi.

Facebook*
|Instagram*|X
240 92.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram