Prezidentimiz bugun
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqot natijalari davlat siyosati va islohotlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilab berishi kerakligini ta’kidladi. Shu bois,
sotsiologiya fan sifatida qayta tiklandi, oliygohlarda sotsiologlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur ishlarning mantiqiy davomi sifatida
ijtimoiy-sotsiologik tadqiqotlar ko‘lami va sifati oshiriladi.
Endilikda bir martalik so‘rovlar emas, balki
qayerda ishonch ortayotgani, qayerda zaiflashgani, qaysi qarorlar adolatli, qaysilari odamlarga manfaat keltirmayotgani bo‘yicha doimiy ravishda monitoring va tahlillar o‘tkaziladi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti hamda
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga hudud va tarmoqlar rahbarlari reytingi metodologiyasini ishlab chiqib, tahlillar asosida
reytingni shakllantirish va
muntazam ravishda Prezidentga kiritib borish topshirildi.
Ijro intizomi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Berilgan
har bir topshiriqning real ijro holati bo‘yicha kundalik nazorat o‘rnatish,
mas’uliyatni his qilmagan, sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbarlar bo‘yicha tanqidiy, ochiq va xolis axborot kiritib borish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram