Prezidentimiz
Xalq qabulxonalari faoliyatini yanada kuchaytirish chora-tadbirlarini belgilab berdi.
Prezident Administratsiyasiga hokimlar bilan birgalikda
Xalq qabulxonalariga muammolarning mohiyatini tushunadigan zamonaviy kadrlarni jamlash,
murojaatlarni tizimli tahlil qilish bo‘yicha alohida nazorat guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Prezident Administratsiyasi
Kommunikatsiyalar departamenti har oyda Xalq qabulxonalariga
kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib, umumlashtiradi, vazirlar va hokimlarga yetkazib, ijrosini nazorat qiladi.
Odamlar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha rahbarlar hisobotini eshitib boradi, eng muammoli masalalar bo‘yicha
takliflarni Hukumatga kiritadi.
Hukumatda vazirlik va idoralarning rahbar xodimlaridan iborat
Tezkor shtab tuziladi. Ko‘tarilgan masalalar
hudud va tarmoqlar kesimida joyiga chiqqan holda hal qilinadi.
Xalq qabulxonalariga
murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibini buzgan idoralarga majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish vakolati beriladi.
Kommunikatsiyalar departamentiga
murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha davlat idoralari reytingini yo‘lga qo‘yish va har olti oyda e’lon qilib borish topshirildi.
Bosh prokurorning komplayens bo‘yicha o‘rinbosari oldiga bu boradagi
barcha topshiriqlar ijrosini qat’iy nazoratga olish vazifasi qo‘yildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram