Qarshi shahridan Xalq qabulxonasiga
nafaqa bo‘yicha 877 ta murojaat kelib tushgan.
Mazkur masalada murojaat qilgan
ayollarning muammosini faqat nafaqa to‘lash nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa qiyinchiliklari bilan birgalikda kompleks ravishda ko‘rib chiqish zarurligi qayd etildi.
Shahar hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan
309 nafar ayolning farzandini bog‘chaga joylashtiradi. Hokim yordamchilari va xotin-qizlar faollari bilan
82 nafar ishsiz ayolni kasbga o‘qitib, mahallaning o‘zida ishlashiga sharoit qilib beradi.
159 nafar yolg‘iz onalarning 90 nafariga tadbirkorlikni boshlash uchun, yana 69 nafariga esa faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kredit olishga ko‘maklashiladi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan
34 nafar nogironligi bor odamga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarshi shahri hokimiga har bir ariza va shikoyatni
mana shunday tahlil qilib, mas’ullariga taqsimlab, birinchi yarim yillikda shaharni murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha namunali hududga aylantirish topshirildi. Bu jarayonda unga
viloyat hokimi, uning o‘rinbosarlari, viloyatdagi tashkilotlar rahbarlari yaqindan ko‘maklashishi belgilandi.
Umuman,
barcha hududlar va 208 ta tuman-shahar hokimlariga Qarshi shahri misolida
aytilgan tizimni samarali yo‘lga qo‘yib, odamlarning og‘irini yengil qilish vazifasi qo‘yildi. Ular bu boradagi
ish rejasini har oy mahalliy Xalq deputatlari kengashlarida tasdiqlatib, aholiga murojaat qiladi.
Xuddi shunday
barcha vazirlar ham o‘z sohasida bo‘layotgan e’tirozlarni kamaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlab, brifing o‘tkazadi
va
rejalarini odamlarga yetkazadi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram