Prezidentimiz yangi tizim qanday ishlashini
Qarshi shahri misolida tushuntirib berdi.
O‘tgan yili Xalq qabulxonasiga Qarshi shahri aholisidan kelib tushgan
11 mingta murojaat tahlil qilindi.
Misol uchun, Qarshi shahridagi
255 nafar odam aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurganining sabablari o‘rganilganda ularning
193 nafari kasb-hunari bor bo‘lgani bilan ishsiz ekani, yana 62 nafari daromadini kamaytirib ko‘rsatayotgani aniq bo‘ldi.
Bu jarayonda
hokimlik, banklar va hokim yordamchilari, shahar bandlik va MIB bo‘limlari birgalikda ishlab,
fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qiladi, ishsizlarni hududdagi sanoat va servis korxonalaridagi vakant o‘rinlarga joylashtiradi. Xorijda ishlash istagida bo‘lgan aliment to‘lovchilar bilan
uch tomonlama shartnoma tuzib, til va kasbga o‘rgatib, xorijga yuqori daromadli ishlarga yuboradi.
Shahar soliq inspeksiyasi esa Bosh prokuratura departamenti bilan birgalikda
daromadini yashirib kelayotganlarning faoliyatini “soyadan” chiqaradi.
Shunda aliment to‘lovchilar qaramog‘ida bo‘lgan
700 ga yaqin bolaning moddiy ta’minoti o‘zgarishi ta’kidlandi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram