Yig‘ilishda qayd etilganidek,
turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday
hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgan.
"Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?
”
– deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.
Adliya vazirligiga ushbu
masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.
O‘tgan yili
ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha
148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa,
ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etildi.
Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan
Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi,
profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram