O‘tgan yili
Xalq qabulxonalariga hokimlarning o‘zi rahbar qilib tayinlangandi.
Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryoda rahbarlarning o‘zi shug‘ullangani uchun
hududidagi murojaatlar 25-30 foizga kamaygani, aholi ko‘targan masalalarning
60-70 foizi ijobiy hal bo‘layotgani ta’kidlandi. Lekin
qolgan hokimlar va ayrim vazirlar hali bu borada keskin o‘zgarish qilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan,
Toshkent shahrida 170 ming va
Toshkent viloyatida 110 ming murojaatning yarmidan ko‘pi yechimini topmagan. Surxondaryo, Samarqand, Toshkent shahrida takroriy murojaatlar ko‘paygan.
Misol uchun, fuqaro yanvar oyida maktab o‘quvchisi
Sergelidan oqib o‘tadigan “Junariq” kanaliga tushib ketganini aytib, buzilgan ko‘prikni qayta tiklashni so‘ragan. Bu masalaga
ikki oy davomida birorta mas’ul e’tibor qaratmagan, murojaatga yuzaki javob berilgan.
Holat
ijtimoiy tarmoqda tarqalganidan keyingina mablag‘ ham topilgan, ko‘prik ham qurilgan. Murojaatlar bilan ishlashdagi bunday kamchiliklar
odamlarning davlatga bo‘lgan ishonchiga putur yetkazayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlarning katta qismi
Ichki ishlar (148 ming), Majburiy ijro byurosi (134 ming), Energetika (88 ming), Bandlik (60 ming) va Sog‘liqni saqlash vazirligiga (56 ming) tegishli ekani qayd etildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram