Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Yurtimiz nufusi
38 milliondan, mehnatga layoqatli aholi
20 milliondan oshdi, so‘nggi to‘qqiz yilda
aholi daromadi 2 karra ko‘paydi.
Xalqimiz og‘irini yengil qilish, ko‘targan masalalariga yechim topish bo‘yicha
vazir va hokimlar mahallaga tushib ishlaydigan tizim yaratildi. Bu yil ham mahallalarda aholi turmushini yaxshilashga
56 trillion so‘m ajratilmoqda.
“Endi vazirlar, hokimlar o‘ziga savol bersin: shuncha imkoniyat bo‘la turib, aholi ko‘targan masalalarga vaqtida yechim topib beryaptimi? Bundan to‘qqiz yil oldin Xalq qabulxonalari tashkil qilinganda bitta maqsad qo‘yilgan edi: davlat idoralarini xalqqa yaqinlashtirish.
To‘g‘ri, Xalq qabulxonalari vaqtida samarali ishladi. Lekin bu idorani ham odamlarning bugungi talabiga mos holda o‘zgartiradigan vaqt k
eldi”,
– dedi Prezidentimiz.
Bundan keyin
“Har bir inson va xonadon muammosini bilib, vaqtida ko‘mak berishim kerak” degan shior har bir tuman, shahar, viloyat hokimi, vazir, uning hududiy tashkilot rahbarlarining
bosh qoidasi bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram