Bayram arafasida Prezident farmoni bilan yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan
ayollarimizdan bir guruhi davlatimizning yuksak unvon, orden va medallariga, o‘qish va ijodda, ilm-fan, sport va jamoat ishlarida faol bo‘lib kelayotgan
qizlarning yana 28 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Tadbirda
ushbu mukofotlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.
“Mashaqqatli, halol mehnatimiz bilan butun dunyoning e’tirofi va hurmatiga sazovor bo‘lmoqdamiz. Eng muhimi, har bir soha va tarmoqda Yangi O‘zbekiston maktabi shakllanmoqda.
Biz uchun bugungi o‘ta og‘ir va murakkab zamonda oldimizga qo‘ygan ulkan marralarni egallashda yanada birlashib, hamjihat bo‘lib mehnat qilish har qachongidan ham muhim vazifadir.
Yangi O‘zbekistonning ayollari hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish – mening eng katta niyatim.
Ishonchim komil, sizdek fidoyi, shijoatli, mehnatkash ayollarimiz, butun xalqimiz bilan birga ezgu maqsadlarimizga alb
atta erishamiz!”,
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram