avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
06.03.2026 15:50
Bugun Yangi O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga dadil kirib bormoqda. Biz o‘z oldimizga, avvalo, inson baxti, inson qadri uchun xizmat qiladigan ulkan maqsadlarni qo‘yganmiz. Chunki inson baxti oiladan boshlanadi, oila esa ayol bilan mustahkam. Kelajak avlod ana shu muqaddas makonda kamolga yetadi!

Hech shubhasiz, bu borada qizlarimizning ma’naviy tarbiyasi hal qiluvchi o‘rin
tutadi”,
– dedi Prezidentimiz.

Mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas fazilatlar qizlarimiz qalbiga buvijonlarning nasihat va o‘gitlari bilan kirishi, bunday oilada tarbiya olgan qizlarimiz yurish-turishi, odob-axloqi va hayotga munosabati bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelgani ta’kidlandi.

Bugungi sharoitda ana shu tarbiya maktabiga ehtiyoj har qachongidan ham dolzarb bo‘lib turgani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari dunyodagi vaziyat tahlikali bo‘lib borayotgan bir paytda yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik ulug‘ ne’matligini yanada chuqur his etish, uni asrash har birimizning muqaddas burchimiz ekanini ta’kidladi.

Mana shunday sharoitda duogo‘y buvijonlarimiz, mo‘tabar onaxonlarimiz oilalarda bu ne’matning qadriga yetish, uni asrab-avaylash va farzandlar, nabiralarga shukronalik tuyg‘usini singdirishda namuna bo‘lishlariga ishonch bildirildi.

Facebook*
|Instagram*|X
249 114.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram