Bugungi kunda farmatsevtika yo‘nalishidagi
6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga
1 mingga yaqin yoshlar tamomlamoqda.
Lekin sohada
ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan
Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi.
Ushbu institut
“Toshkent farma park”da joylashadi va
olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun sharoit yaratiladi.
Buning uchun park hududida
klinikoldi tadqiqotlarini o‘tkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari tashkil qilinadi. Shuningdek,
250 o‘rinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi ham barpo etiladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram