avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
05.03.2026 16:45
Sohada eksport 220 million dollarga yetdi. Lekin uning atigi 7 foizini dori vositalari tashkil qilmoqda.

Yurtimizdagi 58 ta dori korxonasining barchasi milliy GMP sertifikatini olgan. Endilikda qimmat bozorlarga kirib borish uchun korxonalarni YevroGMP talablariga ham moslashtirib borish zarurligi qayd etildi. 1-iyundan boshlab mahalliy ishlab chiqaruvchilarga YevroGMP sertifikatini olish xarajatining 50 foizi Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasidan qoplanishi belgilandi.

Farmatsevtika korxonalari davlat xaridlarida qatnashish bilan bog‘liq bir qator masalalarni ko‘targan. Masalan, 51 ta korxona o‘zi ishlab chiqargan 2 ming turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bo‘yicha mahalliy mahsulot sertifikatini olgan. Biroq mahalliylashtirish darajasi 30 foizga yetmagani uchun 16 ta ishlab chiqaruvchi 178 turdagi mahalliy dori va tibbiy buyumlarni davlat korxonalariga sota olmayapti.

Umuman, mazkur masalani nafaqat farmatsevtika, balki elektrotexnika, oziq-ovqat, to‘qimachilik kabi sohalardagi 811 ta korxona ham ko‘targan.

Shuning uchun 1-sentabrgacha mahalliy mahsulot sertifikati bor tadbirkorlarga mahalliylashtirish darajasidan qat’i nazar, davlat xaridlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi. Mutasaddilarga ilg‘or xorijiy tajriba asosida mahalliy mahsulot bo‘yicha mezonlarni to‘liq qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Facebook*
|Instagram*|X
333 77.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram