avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
05.03.2026 15:50
Tadbirkorlar barcha hududlarda ham farmzonalar yo‘qligi sababli, ularga berilgan soliq imtiyozini boshqa korxonalarga ham qo‘llashni so‘ragan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi va farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi.

Joriy yil 1-apreldan boshlab qayerda joylashganidan qat’i nazar, yangi farmatsevtika vositalari ishlab chiqarish, dorivor o‘simlik yetishtirish va qayta ishlash yo‘nalishidagi loyihalar boshlanganidan e’tiboran uch yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinadi. Tadbirkorlar loyiha ishga tushgandan boshlab uch yil davomida foyda va mol-mulk soliqlarini to‘lamaydi.

Shu bilan birga, biologik faol qo‘shimcha va kosmetika vositalari ishlab chiqaruvchilari ham xomashyo, uskuna, ehtiyot va butlovchi qismlar importi bojidan ozod qilinadi, farmatsevtika korxonalariga o‘z liniyasida biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqarishga ruxsat beriladi.

Bundan buyon har yili 1-iyulgacha mahalliylashtirish tavsiya etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxati tadbirkorlarga e’lon qilib boriladi.

Ro‘yxatdagi dorilarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga xorijiy valyutada 7 foizli kreditlar beriladi.

Shuningdek, mavjud mahsulotlari bo‘yicha mahalliylashtirishni chuqurlashtirmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga Sanoat kooperatsiyasi jamg‘armasidan 10 yilgacha xorijiy valyutada 6 foizli, milliy valyutada 12 foizli kredit ajratiladi.

Facebook*|Instagram*|X
384 85.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram