Respublikadagi 13 mingdan ziyod dorixonalar tomonidan o‘tgan yili
24 trillion so‘mlik dori vositalari sotilgan. Bundan tashqari, davlat xaridlari orqali yiliga
5 trillion so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari olinmoqda.
Hududlardagi mas’ullar
qaysi doriga qancha talab borligini, uning qanchasi import bo‘layotganini hisob-kitob qilmagani, ishlab chiqaruvchi va importchilar bilan uchrashib, zarur dorilarni mahalliylashtirish masalasini o‘rganib ko‘rmaganiga e’tiroz bildirildi.
Yurtimizda jami
58 ta farmatsevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.
Formulasi oddiy, ishlab chiqarish uncha murakkab bo‘lmagan ibuprofen, paratsetamol, diklofenak kabi og‘riq qoldiruvchi dorilarni
o‘zimizdagi 20 dan ortiq farmatsevtika korxonalari ishlab chiqarmoqda.
Xuddi shu kabi, ortiqcha sertifikat talab qilmaydigan qon ko‘paytiradigan
kaliy, kalsiy, temir, sink, magniy, yod, vitamin B, C va D kabi oddiy biologik faol moddalarni ham tegishli sifat talablari va standartlarga qat'iy rioya qilgan holda o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram