Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu soha
inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga
1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib,
140 ta yangi quvvat ishga tushdi,
korxonalar soni 300 dan oshdi, shundan
58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir.
Ishlab chiqarish hajmi
3,5 marta o‘sib,
7 trillion 300 milliard so‘mdan ortdi, mahalliy dori vositalari esa
2 karra ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari
55 ta davlatga kirib bordi. Farmatsevtika sohasidagi
ish o‘rinlari soni 40 mingdan oshdi.
Umuman, O‘zbekistonda
dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram