Surxondaryoning
turizm salohiyatini ishga solib,
yiliga 1 milliard dollarlik tushum qilsa bo‘ladi.
Viloyatda
Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz singari 150 dan ziyod madaniy meros obyekti joylashgan.
Hisor, Boysuntog‘, Ko‘hitang, Bobotog‘da alpinizm, trekking, ekoturizm uchun juda katta imkoniyat bor.
Yigirma olti asrlik tarixga ega
Eski Termiz yodgorligi to‘liq o‘rganilmagan. Buddizm madaniyatiga oid
Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib,
Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qilish mumkin.
Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan
turizm marshruti ishlab chiqib,
muzey, o‘zbek-yapon oshxonasi va Yapon bog‘i tashkil qilish bo‘yicha loyihalarni boshlash topshirildi.
Polvonlar yurti Surxondaryoda
8 mingdan ortiq yoshlar kurash bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi. Joriy yilda
Denovdagi “Zamondosh” oromgohi negizida kurashchilar uchun zamonaviy o‘quv-mashg‘ulot bazasini qurib berish topshirildi.
Boysundagi maktab-internatda kurash bilan shug‘ullanayotgan yoshlar uchun
shu yerning o‘zida ta’lim olish imkoniyatini yaratish kerakligi qayd etildi. Yangi o‘quv yilidan ushbu
maktab-internatda sport bilan birga maktab darslari ham yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram