Surxondaryodagi eng og‘riqli masalalardan biri
yo‘l va transport infratuzilmasi ekani qayd etildi.
Ikki yil oldin Osiyo taraqqiyot banki bilan
183 million dollar hisobiga
Boysun va Denovni bog‘lovchi yo‘lning 111 kilometr qismini sement-beton qoplamaga o‘tkazish loyihasi boshlangan. Bu yo‘l ishga tushsa,
yuk hajmi 2 karra oshadi, tashish vaqti 3 soatdan 1,5 soatga qisqaradi.
Yurtimizni
Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l 30 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan. Mutasaddilarga
qurilish ishlarini uch oy ichida boshlash topshirildi.
Toshkent – Termiz yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd
14 soatdan ko‘p harakatlanadi. Koreyalik hamkorlar bilan
zamonaviy tezyurar poyezdlar olib kelish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
“Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on” uchastkasini tezyurar poyezdga moslash bo‘yicha loyihani shu yil boshlash,
103 kilometr bo‘lgan “Qumqo‘rg‘on – Quduqli” temir yo‘lini elektrlashtirish ishlariga kirishish topshirildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram