Viloyatdagi
49 ming gektar tomorqaning 35 ming gektarida 3-4 marta hosil olinmoqda. Bunday ko‘rsatkich
birorta viloyatda yo‘q.
Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi”da tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda
5 martagacha ekin ekish o‘rgatilyapti. Mazkur tajriba butun Surxondaryoda yo‘lga qo‘yilsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, eng asosiysi, dehqonlarning daromadi ham ko‘payishi ta’kidlandi.
Xuddi Termiz tumanidagi kabi
Angor, Uzun, Denovda “Tomorqa maktablari”ni tashkil qilish, ularda yiliga
10 ming aholini o‘qitish topshirildi. Umuman, Termiz tumani tajribasi asosida
har bir viloyatda 2 tadan “Innovatsion tomorqa maktablari” ishga tushiriladi.
Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun tumanlaridagi 5 ming gektarda
limonchilik plantatsiyasi tashkil qilinadi,
Oltinsoydagi 6 ming gektarda
eksportbop uzum yetishtirish bo‘yicha uch yillik dastur ishlab chiqiladi.
Uzun tumanida Yaponiya tajribasi asosida yaratilgan
quritilgan xurmo va anjirning milliy brendini targ‘ib qilish muhimligi ta’kidlandi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram