Termiz xalqaro savdo markazi katta natijalar bermoqda. O‘tgan yili markazga
800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari tashrif buyurdi,
eksport 320 million dollar bo‘ldi.
Tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytirib, Termiz xalqaro savdo markazida
yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha taklif bilan chiqqan.
Shu bois,
markaz hududi 1 ming gektarga yetkazilishi belgilandi. Mutasaddilarga buning hisobidan markazdagi
eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazish, qo‘shimcha
10 ming ish o‘rni yaratish topshirildi.
Yangi loyihalar hisobiga tadbirkorlar ham, savdo qilish uchun keladigan odamlar ham karrasiga oshadi. Shu munosabat bilan markazda
qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Endilikda markaz hududidagi t
ovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham
qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkada qo‘llanadi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram