Viloyat hokimi, tuman hokimlari oldida joriy yilda
investitsiyalarni 3 milliard dollarga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi turgani qayd etildi.
Hududda
kambag‘allikni 2,8 foizga, ishsizlikni 4,5 foizga tushirish,
Termiz shahri, Angor, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Muzrabotni “kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish muhim ekani ta’kidlandi.
Viloyat iqtisodiyotida
sanoatning ulushi so‘nggi 9 yilda 5 karra o‘sib, 10 foizga yetdi. Lekin bu hali ham kamligi qayd etildi.
Viloyatda
100 million tonna ko‘mir zaxirasi bo‘lgani bilan yiliga
atigi 1 foizi qazib olinyapti. Joriy yilda
Boysundagi “Sanjar”, Oltinsoydagi “Oqsuv”, kelasi yil
“Fangart” konlarida ko‘mir qazib olishni boshlash topshirildi.
Janubiy Afrikaning “Sosol” kompaniyasi ko‘mirdan
polipropilen, polietilen va kauchuk ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan.
Sariosiyodagi “Qorakon”, “Jemsonit”, “Chuqur”, “Bayram-1” konlariga ham
xitoylik investorlar 1 milliard dollar kiritishga tayyor.
Umuman, mazkur zaxiralar –
elektrotexnika, qurilish materiallari, kimyo, metallurgiya, avtomobilsozlik tarmoqlari uchun tayyor xomashyo bazasi. Bu konlar atrofida sanoat korxonalarini joylashtirish bo‘yicha hisob-kitob qilib, kamida
200 million dollarlik loyihalarni shakllantirish topshirildi.
Boysundagi “Bezaktop” konida sifati Eron, Turkiya, Italiya bilan raqobatlasha oladigan tabiiy tosh zaxiralari o‘rganilmay turibdi. Bunday toshlar zaxirasi bo‘lgan konlarda
geologiya ishlarini boshlashga ko‘rsatma berildi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram