avatar
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
@Press_Secretary_Uz
27.02.2026 11:30
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish boshlandi.

“Surxondaryo nafaqat tabiati go‘zal zamin, balki ruhi baquvvat, g‘ayrati baland, oriyati mustahkam insonlar yurtidir. Surxonni rivojlantirish Yangi O‘zbekistonning janubiy tayanch ustunini mustahkamlash demakd
ir”,
– dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan davrda hududda 5 milliard dollarlik 8 mingdan ortiq loyiha ishga tushdi. Xitoy, AQSh, Rossiya, Hindiston, Avstriya, Vengriya kabi davlatlar bilan investitsiya va savdo bo‘yicha yana 10 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi.

So‘nggi to‘qqiz yilda bog‘cha qamrovi 28 foizdan 68 foizga oshdi, 23 ta yangi maktab qurildi, yana 448 tasi ta’mirlandi. Qo‘shimcha 102 ming o‘quvchi o‘rni yaratildi.

Bu davrda qurilgan 688 ta ko‘p qavatli uyga 32 ming oila ko‘chib o‘tdi. Angor, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo va Termiz tumanlarida “Yangi O‘zbekiston” massivlari tashkil qilindi.

“To‘palang ombori suvidan foydalanish” loyihasi hisobiga Termiz shahri va 10 ta tumandagi 563 ming aholining ichimlik suv ta’minoti yaxshilandi.

Facebook*|Instagram*|X
454 142.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

148.2K
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibining rasmiy kanali

Facebook*: facebook*.com/PressSecretaryUZ

Instagram*: instagram*.com/press_secretary_uz

Х: x.com/Sherzod_Asadov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram