Har yili yurtimizda
270 mingga yaqin yangi oila paydo bo‘lmoqda.
“Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab berila
di”,
– dedi Prezidentimiz.
Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda
yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.
Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan
“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli
yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.
Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.
Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha
eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi
eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.
Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan t
adbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram