Har yili
600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular
1 millionga yetadi.
Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning
uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga
400 million dollar berilgan edi. Xususan,
“Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan
15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun
qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun
kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun
10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga
100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan
franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.
Facebook*|
Instagram*|
X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram