27.04.2026 11:18
🔹 Texnikumlarda xotin-qizlar vakili faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tizimidagi texnikumlarda xotin-qizlar vakili faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi .

Mazkur nizomga ko‘ra, xotin-qizlar vakilining asosiy maqsadi — ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashdan iborat.

📌 Vakil zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
— xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va faolligini oshirish;
— sog‘lom turmush tarzi, ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib etish;
— iqtidorli yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
— muammoli oilalar bilan ishlash va zarur yordam ko‘rsatish;
— qonunchilik hujjatlari mazmunini targ‘ib qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.


Shuningdek, xotin-qizlar vakiliga zarur shart-sharoitlar yaratilib, faoliyati samaradorligiga qarab rag‘batlantirish, jumladan ustama va mukofotlar berish imkoniyati ham belgilangan.

Mazkur tizim ta’lim muassasalarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
👍 3
👏 1
🙏 1
22 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
O

OTFIV | Toshkent

6.7K
Toshkent shahar Kasbiy taʼlim boshqarmasi.

Manzil: Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy

Boshqarma boshlig’iga murojaat:
@OTFIV_Tashkent_bot
Открыть в Telegram