28.04.2026 20:32
💬 School 21 da IT career Fair — karyerangiz aynan shu yerdan boshlanadi

Joriy yilning 1-may kuni, 15:00 da School 21da bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir shunchaki “qachondir ish topishni” emas, balki hozirning o‘zidayoq IT sohasiga qadam qo‘yishni xohlovchilarni bir yerga jamlaydi.

Sizni nimalar kutmoqda:
Bosh ish o‘rni va amaliyotlarga ega 30 dan ortiq kompaniyalar;
Ayni damda o‘z jamoasi uchun zarur xodimlarni izlayotgan HR-mutaxassislar va rahbarlar;
Rezyumengiz bo‘yicha bevosita fikr-mulohazalar (feedback);
Hech qanday rasmiylatchiliklarsiz barcha savollarga javob olish imkoniyati.

Shu kuni o‘z bilim darajangizni aniqlash, sizni qiziqtirgan savollarga javob olish va IT sohada karyera qurish yo‘lida aniq qadam tashlash imkoniga ega bo‘lasiz.
Forum barcha ta’lim muassasalari talabalari va IT yo‘nalishi bitiruvchilari uchun ochiq.

1-may, 15:00
📍 Toshkent, School 21, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy
Ro‘yxatdan o‘tish bot orqali @school21_mainbot

Keling, soha bilan yaqindan tanishing, sizni qo‘llab-quvvatlovchi insonlarni toping va bu yo‘ldagi ilk qadamni tashlang!

👉 Hamkorlar uchun ro‘yxatdan o‘tish
________________
💬
IT career Fair в School 21 — место, где начинается твоя карьера

1 мая в 15:00 мы собираем в School 21 тех, кто хочет не просто «когда-нибудь найти работу», а реально сделать шаг в IT уже сейчас.

Тебя ждут:
30+ компаний с вакансиями и стажировками;
HR и руководители команд, которые ищут людей прямо сейчас;
живой фидбек на твоё резюме;
и возможность задать любые вопросы — без формальностей.

Ты сможешь понять свой уровень, задать вопросы и сделать конкретный шаг к работе в IT.
Форум открыт для всех студентов образовательных учреждений и выпускников IT-направлений.

1 мая, 15:00
📍 Ташкент, School 21, ул. Зиёлилар, 13
Регистрация в боте @school21_mainbot

Приходи познакомиться с индустрией, найти своих людей и сделать первый шаг.
👉 Регистрация для партнёров

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
👍 2
🔥 2
1
🥰 1
13 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
28.04.2026 11:24
1-maydan 5 yil staji bor xotin-qizlarga tavsiyanoma beriladi

Qonunchilikka ko‘ra, 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumoti yo'q xotin-qizlar davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Buning uchun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasi kerak.

Tavsiyanoma uchun quyidagi manzilga kiriladi:
1. https://xotin-qizlar.uz/
2. Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tanlanadi

Qanday hujjatlar kerak?

Bunda staj boʻyicha my.mehnat.uz  YMMT da hamda oʻrta maxsus diplomini diplom.edu.uz sayti orqali tekshirtirib olishi kerak.

Eslatma: tavsiyanoma olganlar ham kirish imtihonida qatnashadi, faqat ular alohida 500 ta kvota uchun kurashadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
👍 1
👏 1
🙏 1
39 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
27.04.2026 17:47
Vakant direktor o'rinbosari lavozimlari uchun ochiq mustaqil tanlov

Toshkent shahridagi 2 ta kasbiy ta’lim tashkilotlarining vakant direktor o'rinbosarlari lavozimi uchun ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi.

📃 Vakant lavozimlar ro‘yxati

Shayxontohur tuman texnikumi

Sergeli tuman 1-son texnikumi

Talabgorlar tomonidan arizalarni yuborish 👉 https://vacancy.edu.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2026-yil 7-mayga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
🙏 2
25 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
27.04.2026 11:18
🔹 Texnikumlarda xotin-qizlar vakili faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmasi tizimidagi texnikumlarda xotin-qizlar vakili faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi .

Mazkur nizomga ko‘ra, xotin-qizlar vakilining asosiy maqsadi — ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlashdan iborat.

📌 Vakil zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
— xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish va faolligini oshirish;
— sog‘lom turmush tarzi, ma’naviyat va kitobxonlikni targ‘ib etish;
— iqtidorli yosh xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash;
— muammoli oilalar bilan ishlash va zarur yordam ko‘rsatish;
— qonunchilik hujjatlari mazmunini targ‘ib qilish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.


Shuningdek, xotin-qizlar vakiliga zarur shart-sharoitlar yaratilib, faoliyati samaradorligiga qarab rag‘batlantirish, jumladan ustama va mukofotlar berish imkoniyati ham belgilangan.

Mazkur tizim ta’lim muassasalarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
👍 3
👏 1
🙏 1
22 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
27.04.2026 09:22
Foyle Young Poets: 11-17 yoshlilar uchun sheʼrlar tanlovi – sovrinli oʻrinlar 100 ta!

Tanlovda 2026-yil 31-iyul holatiga koʻra, 11-17 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Sheʼrlar ingliz tilida qabul qilinadi.

Mukofotlar:
– Homiylar tomonidan kitoblar va boshqa sovgʻalar
– Eng yaxshi 15 ta sheʼr maxsus antologiyada chop etilib, kutubxona va maktablarga tarqatiladi
– 85 nafar e'tirof etilgan ishlar onlayn antologiyada chop etiladi

Sheʼrlar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/foyle-young-poets-11-17-yoshlilar-uchun-sherlar-tanlovi/

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
👍 3
🙏 1
7 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
26.04.2026 17:38
🎓 “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” – iqtidor egalari uchun yangi imkoniyat!

Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilm-fan, kasb-hunar va ijodkorlikka bo‘lgan intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida “Boshqarma boshlig‘i stipendiyasi” joriy etildi.

✨ Ushbu stipendiya yoshlarning tashabbuskorligini oshirish, ularni Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

📎 Tanlovda Toshkent shahridagi kasbiy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Batafsil ma’lumot bilan qo‘shimcha nizom orqali tanishishingiz mumkin.

🚀 O‘z iste’dodingizni namoyon eting va yangi marralarni zabt eting!

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
👍 7
👌 4
👏 3
🏆 1
1 56 5.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
26.04.2026 09:27
Vatan va muhabbat kuychisi – Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Bugun o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandasi, xalq qalbidan chuqur joy olgan iste’dodli shoir Muhammad Yusuf tavallud topgan kun.

Uning she’rlari samimiyligi, sodda va ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Shoir asarlarida Vatanga muhabbat, insoniylik, mehr-oqibat va hayot falsafasi chuqur aks etgan.

Muhammad Yusufning boy ijodi bugun ham o‘quvchilar va kitobxonlar qalbida yashab, ularni ezgulikka, sadoqat va vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram* |Facebook* | Threads | Telegram-bot
5
👍 2
🔥 2
1 19 3.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
O

OTFIV | Toshkent

6.7K
Toshkent shahar Kasbiy taʼlim boshqarmasi.

Manzil: Yashnobod tumani, Parkent ko'chasi 331-uy

Boshqarma boshlig’iga murojaat:
@OTFIV_Tashkent_bot
Открыть в Telegram