Saida Mirziyoyeva AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi
Uchrashuv davomida tomonlar yirik investisiya loyihalari portfelini
muhokama qildi. Shu bilan birga, joriy yil davomida qo‘shma investisiya platformasini ishga tushirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, mazkur hamkorlik O‘zbekistonga yirik xorijiy investisiyalar oqimini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda infratuzilma va sanoat loyihalarini jadallashtirish imkonini berishi mumkin. Shuningdek, bu mamlakatning xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram