avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
20.04.2026 16:03
Shuningdek, forum doirasida Samarqandda narkojinoyatchilikka qarshi texnologiyalar namoyish etildi

Saida Mirziyoyeva so'zlariga ko'ra, forum doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashishda qo‘llaniladigan zamonaviy raqamli texnologiyalar, texnik vositalar va maxsus uskunalar taqdim etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston ishtirokchi davlatlar uchun narkotrafik, xavfli yuklar va transmilliy jinoyatchilikni tezkor kuzatishga xizmat qiluvchi yagona sun’iy intellekt platformasini yaratish tashabbusini ilgari surdi.

👉 @Muslimbek_Abdurahimov
1.1K
avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
20.04.2026 16:01
O‘zbekistonda soliqlarni qasddan to‘lamaganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin❗️

19-iyuldan kuchga kiradigan qonun bilan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.

Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan daromad bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

👉 @Muslimbek_Abdurahimov
1 930
avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
20.04.2026 15:31
O‘zbekiston yirik Xalqaro forumga mezbonlik qilmoqda

Samarqandda narkotahdidlarga qarshi kurashish mavzusida yirik xalqaro forum boshlandi. Unda 30 dan ortiq mamlakatdan delegatlar, shuningdek, BMT, SHHT, MDH, Interpol va Yevropa Ittifoqi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbirda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qatnashib, davlat rahbarining murojaatini o‘qib eshittirdi. Forumda O‘zbekistonning BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasiga 2027–2029 yillar uchun saylangani xalqaro e’tirof sifatida qayd etildi.

👉 @Muslimbek_Abdurahimov
👍 70
👏 17
🔥 12
1 1.2K
avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
09.04.2026 12:16
«Bir yil ichida nimalar o‘zgardi? Mas’uliyat kuchaydi. O‘zimga bo‘lgan talab kuchaydi». Saida Mirziyoyeva Missiya loyihasi chiqishni boshlagan bir yil ichida nimalar o‘zgargani haqida gapiribdi. Bu safargi missiya AQSH va BAAga safar va boshqa muhim tadbirlarni o‘z ichiga olgan.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 1
🔥 1
1 797
avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
09.04.2026 10:53
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi va Temuriylar tarixi davlat muzeyidagi rekonstruksiya ishlari bilan tanishadi.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
1 865
avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
08.04.2026 19:34
AQSHda o‘zbekistonliklar sharafiga tantanali kechki ziyofat tashkil etildi

Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashi faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir doirasida rasmiy kechki ovqat uyushtirildi.

Tadbir davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va investisiya aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Unda Oq uy, Davlat departamenti va Savdo vazirligi vakillari, Markaziy Osiyo davlatlari elchilari hamda biznes doiralari ishtirok etdi.

Manba
2 813
avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
08.04.2026 12:25
Saida Mirziyoyeva AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blek bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuv davomida tomonlar yirik investisiya loyihalari portfelini muhokama qildi. Shu bilan birga, joriy yil davomida qo‘shma investisiya platformasini ishga tushirish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mutaxassislar fikricha, mazkur hamkorlik O‘zbekistonga yirik xorijiy investisiyalar oqimini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda infratuzilma va sanoat loyihalarini jadallashtirish imkonini berishi mumkin. Shuningdek, bu mamlakatning xalqaro moliyaviy institutlar bilan aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 25
🔥 18
👏 12
1 1K

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram