Saida Mirziyoyeva Trampning shaxsiy qarorgohiga tashrif buyurdi
Saida Mirziyoyeva AQShning Florida shtatida joylashgan Mar-a-Lago rezidensiyasiga tashrif
buyurdi. U yerda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar Amerika–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Saida Mirziyoyeva samimiy kutib olingani uchun minnatdorlik bildirib, uchrashuv mazmunli va foydali o‘tganini aytdi. Shuningdek, yaqin kunlarda Vashingtonda samarali uchrashuvlar bo‘lishiga umid bildirdi. E’lon qilingan suratda AQSh prezidenti Donald Trampning kichik qizi Tiffani Tramp va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Boulos ham ko‘rinadi.
Telegram |
Facebook* |
X |
Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram