avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
16.03.2026 13:34
Prezidentimizning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 3-mis boyitish fabrikasini ishga tushirish marosimida so’zlagan nutqidan asosiy 10 ta fakt: A.Qurbonova
1. Uchinchi mis boyitish fabrikasi qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lib, zamonaviy industrial majmua hisoblanadi.
2. So‘nggi 9 yilda tog‘-kon va metallurgiya sohasiga 10 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilindi.
3. Mis ishlab chiqarish 2016 yildan 105 ming tondan 148,5 ming tonnagacha oshdi (+43,5 ming tonna).
4. Ushbu sohada hozir 65 ta xususiy korxona faoliyat yuritmoqda.
5. Tog‘-kon sanoati 130 mingga yaqin ish o‘rinlarini ta’minlaydi, masalan: ekskavatorchilar 30 mln so‘mgacha, geologlar 70 mln so‘mgacha maosh oladi.
6. Misning mahalliy qayta ishlash hajmi yiliga 100 ming tonnaga yetmoqda, bu qisqa muddatda zargar sanoatida ishlab chiqarishni 3,3 karra oshirdi.
7. “Yoshlik-1” va “Qalmoqqir” konlarida 45 mln tonna mis va 5 ming tonna oltin zaxirasi mavjud, bu sanoatga 100 yilga yetadigan xomashyo bazasi hisoblanadi.
8. Uchinchi fabrikadan keyin Olmaliq KMK mis konsentrati kunlik hajmi 2 400 tondan 5 000 tonnagacha oshadi.
9. Fabrikada AQSh, Germaniya, Rossiya, Xitoy va Finlyandiya texnologiyalari joriy qilinadi; jarayonlar raqamlashtirilgan va sun’iy intellekt bilan boshqariladi.
10. 2030 yilga qadar Olmaliq KMK mis ishlab chiqarishi 500 ming tonnagacha, oltin – 175 tonna, kumush – 500 tonna, uran – 15 ming tonnagacha yetkazilishi
rejalashtirilgan.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 5
🔥 1
👏 1
6 2.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram