O‘zbekiston tarixida ilk bor ayol sudyalari assotsiatsiyasi tuzildi
Saida Mirziyoyeva o‘z ijtimoiy tarmoqlarida Toshkentda 10-mart — Xalqaro ayol sudyalar kuni munosabati bilan o‘tgan tantanali uchrashuv haqida xabar berdi.
Uning ma’lum qilishicha, mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston ayol sudyalari assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, Prezident tomonidan xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik hamda tazyiqlardan himoya qilishga qaratilgan muhim farmon qabul qilingani ta’kidlandi. Ushbu hujjat inson taqdirini barbod qilib, jinoyatini “an’ana” niqobi ostiga yashirishga yoki mavqe va mansab bilan xaspo‘shlashga urinayotganlarga nisbatan murosasiz yondashuvni nazarda tutadi.
Shu maqsadda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi hamda tergovga qadar tekshiruv organlari faoliyatining samaradorligi va mas’uliyati yanada oshiriladi, zo‘ravonlikning har qanday holatiga real huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.
Ta’kidlanishicha, ilk bor aynan ushbu xalqaro sana munosabati bilan ayol sudyalar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Zo‘ravonlik atrofdagilarning sukuti va jabrlanuvchilarning qo‘rquvi ortiga yashirinib qolmasligi kerak. Jamiyatda aynan shunday muhitni barpo etish ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi!
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram