avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
04.03.2026 13:20
Bolalar huquqlari himoyasida yangi tizim joriy etilmoqda

Prezidentning yangi Farmoni bilan ushbu yo‘nalishda nafaqat jazo choralari, balki profilaktika va tergov sifatini oshirishga qaratilgan qator tashkiliy-huquqiy o‘zgarishlar belgilandi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2026-yil 1-noyabrdan boshlab voyaga yetmaganlarning jinsiy erkinligiga qarshi qaratilgan barcha turdagi jinoyatlar bo‘yicha tergov harakatlari faqat prokuratura organlari tomonidan yuritiladi. Bu bunday murakkab ishlarni tergov qilishda xolislikni ta’minlash va nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, 2027-yildan e’tiboran bolalarga nisbatan zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar faqat maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan tergovchilar va sudyalar tomonidan ko‘rib chiqilishi yo‘lga qo‘yiladi. Bu jarayonda bolaning ruhiyati va uning qayta jarohatlanishining oldini olish asosiy mezon etib olingan.

Jinoyatni sodir etilgandan keyin jazolashdan ko‘ra, uni barvaqt aniqlash va oldini olish ustuvor vazifa qilib belgilandi. Shu maqsadda "O‘smir-signal" elektron moduli ishga tushiriladi. Endilikda maktab, mahalla, FXDY va tibbiyot muassasalari xodimlari erta nikoh yoki 16 yoshgacha bo‘lgan homiladorlik holatlari haqida darhol xabar berishlari shart. Ushbu ma’lumotlarni yashirgan yoki xabar bermagan mas’ul shaxslar ma’muriy jav
obgarlikka tortiladi.
Mazkur islohotlarning bosh maqsadi — jamiyatda bolalarga nisbatan har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikka qarshi mutlaq murosasizlik muhitini yaratishdir. Yangi tizim nafaqat aybdorlarning jazosiz qolmasligini kafolatlaydi, balki davlatning har bir bolani huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishga qodir ekanini namoyon etadi. Bu choralar mamlakatimizda farzandlarimiz xavfsizligi va uning daxlsizligini ta’minlash yo‘lidagi eng muhim huquqiy qalqondir.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 3
👏 2
🔥 1
1 2.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram