��✨ Ramazon oyida davlat tomonidan qo‘shimcha ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, muborak Ramazon oyida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etildi.
Nimalar nazarda tutilgan?
�� Ijtimoiy reyestrdagi “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiruvchi oilalarga, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestridagi fuqarolar
— 1 million so‘m bir martalik yordam;
�� “Kambag‘al oila” toifasidagi hamda mahalla tomonidan qo‘shimcha ro‘yxatga kiritilgan oilalarga — 500 ming so‘m bir martalik yordam;
�� Shuningdek, 6 ming nafar bemor fuqaroning davolanishi va zarur operatsiya xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Bu yordamlar aniq mezonlar asosida, Ijtimoiy reyestr orqali amalga oshiriladi.
Mazkur dastur Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan hayotga tatbiq etiladi.
Ramazon — mehr va mas’uliyat oyidir.
Muborak oy har bir xonadonga tinchlik, baraka va yengillik olib kelsin.
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram