����| ����
Avval bo‘lib o‘tgan qator muhim uchrashuvlardan so‘ng, Saida Mirziyoyeva navbatdagi dolzarb va strategik ahamiyatga ega tadbir haqida ma’lumot berdi
Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston Ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi
o‘tkazildi. Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratildi.
Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan ruhda o‘tdi. Oldinda O‘zbekiston va AQSh uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha mazmunli va amaliy ishlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
So‘nggi paytlarda AQSh Markaziy Osiyoga bo‘lgan e’tiborini ochiq va izchil tarzda kuchaytirayotgani kuzatilmoqda. Bu esa mintaqa uchun yangi imkoniyatlar ochayotgani bilan quvonarli holatdir.
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram