avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
20.01.2026 17:02
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti sovrindorlarini tabrikladi

Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti hakamlar hay’atida ishtirok etish o‘zi uchun katta sharaf ekanini bildirib, 2026 yilgi sovrindorlarni samimiy qutladi.

U Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik kelishuvini uzoq davom etgan murakkab nizolarni ham hal etish mumkinligining muhim namunasi sifatida qayd etdi. Shuningdek, Zarqa Yaftalining qizlar ta’limi huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi ko‘p yillik faoliyatini alohida e’tirof etdi.

“Men uchun tinchlik ham, qizlarning ta’limga bo‘lgan huquqlari ham jamiyatlarning barqarorligi va taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan muhim qadriyatlardir”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 24
👏 11
🔥 10
🤔 1
1 3.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram