Toshkent bolalar kontenti ishlab chiqarish boʻyicha mintaqaviy markazga aylanadi❗️
25-dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” multfilmi namoyishi boshlanadi. Bugun esa Milliy kino sanʼati saroyida uning yopiq premyerasi boʻlib oʻtdi.
Taqdimotga The Walt Disney Company vitse-prezidenti, “Emmi” mukofotining yetti karra sovrindori Hayma Vashington tashrif buyurdi. Mehmon shu kuni Saida Mirziyoyeva bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Toshkentni bolalar kontenti ishlab chiqarish boʻyicha mintaqaviy markazga aylantirish rejasi muhokama qilindi. Rejaga koʻra, Gollivud mutaxassislari ishtirokida animatorlar, rejissorlar va ssenariynavislarning yangi avlodi tayyorlanadi.
Shuningdek, Disneyʼning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini Oʻzbekistonda ochish, kontenti toʻliq oʻzbek tilida boʻlgan telekanal tashkil etish masalalari koʻtarildi. Uzoq muddatli rejalarda esa “Disneyland” tematik bogʻi gʻoyasi ham bor!
Bolalar kontenti faqat multfilm bilan cheklanmaydi. “Sehrlandiya” loyihasi doirasida kitoblar, boʻyash daftarlari va oʻyinchoqlar ham ishlab chiqarilgan. Bu yondashuv bolalar industriyasiga kompleks qarashning ilk namunalaridan biri sifatida baholanmoqda.
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram