18 dekabr kuni Toshkentda universitetlar o‘rtasidagi «Zakovat» intellektual olimpiadasi o‘z yakuniga yetdi. Bu tanlov so‘nggi yillarda talabalar orasida eng ommalashgan intellektual tadbirlardan biriga aylanib ulgurdi.
Bu yil olimpiadada respublika bo‘ylab
132 ta OTMdan mingdan ortiq talaba qatnashdi. Saralash bosqichlaridan so‘ng eng bilimli 50 ta universitet jamoasi finalda bellashdi.
Final doirasida ishtirokchilar «Zakovat», «Breyn-ring», «Erudit-kvartet», shaxsiy o‘yin, shaxmat va shashka yo‘nalishlarida o‘z bilim va zehnini sinab ko‘rishdi.
Yakunda esa g‘oliblar aniqlandi. Umumiy sovrin jamg‘armasi
5,4 mlrd so‘mni tashkil etgan olimpiada nafaqat katta mukofotlar, balki yangi imkoniyatlar ham berdi — «Zakovat» g‘oliblari magistraturaga imtihonsiz qabul qilinib, stipendiya va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Qisqasi, bu maydonda faqat bilim va zehn g‘alabaga erishdi!
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram