avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
16.12.2025 17:47
Toshkentda sovrin jamg‘armasi 5 mlrd so‘mdan oshadigan Zakovat Intellektual olimpiadaning final bosqichi o‘tkazilmoqda

Toshkentda oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida Intellektual olimpiadaning final bosqichi boshlandi. Olimpiadada «Zakovat», «Breyn-ring», shaxmat, shashka va shaxsiy o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarning umumiy sovrin jamg‘armasi 5 milliard 400 million so‘mni tashkil etadi. Olimpiadani o‘tkazishdan maqsad — aholi o‘rtasida intellektual o‘yinlarni ommalashtirish va rivojlantirish.

Hozirgacha Intellektual olimpiadada «Erudit-kvartet» o‘yinining finali yakunlandi va unda Buxoro davlat tibbiyot instituti g‘olib bo‘ldi. Gʻolib jamoa 100 million so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Shuningdek, Fan va texnologiyalar universiteti ikkinchi o‘rin bilan 60 mln so‘m sohibi bo‘ldi. Uchinchi o‘rinni egallagan Urganch davlat universiteti esa 40 mln so‘m bilan taqdirlandi.

Intellektual olimpiadaning asosiy o‘yinlari bo‘lgan «Zakovat» va «Breyn-ring» bahslarida g‘olib jamoalarga ham 100 million so‘m, 2-o‘ringa 60 million so‘m va 3-o‘ringa 40 million so‘m mukofotlar topshiriladi. Bu musobaqalar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi intellektual kurashni yanada rag‘batlantirishga qaratilgan.

Intellektual olimpiada g‘oliblari va sovrindorlariga chet elda malaka oshirish, stajirovka o‘tash yoki magistratura va PhD dasturlarida ta’lim olish imkoniyatlari beriladi.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
2 2.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram