avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
15.12.2025 22:02
❗️Qonun qabul qilindi, endi javobgarlik kerak

Saida Mirziyoyeva ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash masalasiga bag‘ishlangan uchrashuv haqida ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilgan ilk davlat hisoblanadi. Shuningdek, bolalarga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik ham kuchaytirilgan.

Biroq, Saida Mirziyoyevaning fikriga ko‘ra, qabul qilingan qonunlar bilan cheklanib qolmaslik zarur. Zo‘ravonlik holatlariga nisbatan tezkor va samarali chora ko‘rish tizimini ishlab chiqish muhim.

“Ko‘pincha haqiqiy ahvol ko‘zga ko‘rinmaydi, ko‘p narsa yashiriladi. Biz hali ham statistikani oshkor qilishdan, ta’na-malomatga qolishdan, obro‘yimiz to‘kilishidan qo‘rqamiz, tanqidni qabul qilolmaymiz.”, — deya qayd etdi u.

Saida Mirziyoyeva barcha mas’ul rahbarlarni bu muloqotdan tegishli xulosalar chiqarishga chaqirdi. Uning ta’kidlashicha, zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurash va inson huquqlarini himoya qilish faqat so‘zda emas, amaliy harakatlarda namoyon bo‘lishi lozim.

“Inson taqdiri statistikadan ming karra muhimroq”, — deya xulosa qildi u.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
🥰 2
1 2.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram