avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
13.12.2025 19:09
Saida Mirziyoyeva Rimdagi xalqaro mukofot hay’ati yig‘ilishida qatnashdi

11–12 dekabr kunlari Rim shahrida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik – 2026” xalqaro mukofoti hakamlar hay’atining yakuniy yig‘ilishi bo'lib o'tdi. Ushbu nufuzli tadbir doirasida nomzodlar bilan bog‘liq qator uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning faoliyati har tomonlama tahlil qilindi.

Yig‘ilish jarayoni nomzodlarning jamiyatda o‘zaro hurmat, birdamlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, inson qadrini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlarini xolisona baholashda muhim bosqich bo‘ldi. Ta’kidlanganidek, joriy yilda tanlovda ishtirok etgan shaxslar va tashkilotlar o‘z hamjamiyatlariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan, kuchli va munosib nomzodlar sifatida namoyon bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva hakamlar hay’ati a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida ishtirok etganidan mamnun ekanini bildirib, qabul qilingan jamoaviy qarorlar global miqyosda o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun:


“Insoniy birodarlik” mukofoti — 2019 yilda Shayx Zoid nomida ta’sis etilgan xalqaro mukofot bo‘lib, u dunyo miqyosida tinchlik, bag‘rikenglik, inson huquqlari, dinlararo va madaniyatlararo muloqotni targ‘ib etishga salmoqli hissa qo‘shayotgan shaxslar va tashkilotlarni taqdirlashga qaratilgan. Mukofot inson qadrini oliy qadriyat sifatida ilgari surish va jahonda birodarlik g‘oyalarini mustahkamlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 40
🔥 13
👏 12
2 2.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram