avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
12.12.2025 16:37
Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi

Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» xalqaro mukofoti hakamlar hay’ati yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Rim Papasi Lev XIV bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mukofotning madaniyatlararo va dinlararo anglashuvni kengaytirishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar ishonch, muloqot va o‘zaro hurmatga asoslangan yondashuvlarni xalqaro miqyosda ilgari surish muhimligini ta’kidladilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda turli konfessiya vakillari, jumladan katoliklar ham tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglik muhitida yashayotgani qayd etildi. Mukofot ana shu qadriyatlarni jahon miqyosida mustahkamlashni maqsad qilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, butun dunyoda ishonchni mustahkamlash, insonparvarlik tamoyillarini ilgari surish va insoniy birodarlik g‘oyalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ustida hamkorlik qilishga tayyorlik bildirildi.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 35
🔥 3
2 2.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram