avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
10.12.2025 15:34
Misrning Al-Liwaa Al-Islami gazetasi Al-Azhar universiteti va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy va ta’lim hamkorligini rivojlantirishga bag‘ishlangan materialni chop etdi

Maqolada akademik aloqalarni mustahkamlash, bilim almashish va moʻtadil diniy qadriyatlarni targ‘ib qilishga qaratilgan yangi qo‘shma tashabbuslar haqida so‘z boradi.

Nashrda qayd etilishicha, dunyodagi eng qadimiy va nufuzli islom ta’lim markazlaridan biri bo‘lgan Al-Azhar va O‘zbekiston ilmiy-diniy institutlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Maqola mualliflarining fikricha, O‘zbekiston bugungi kunda diniy ta’limga vazmin va zamonaviy yondashuvni namoyish etmoqda, bu esa uni Al-Azharning Markaziy Osiyodagi muhim hamkoriga aylantiradi.

Qayd etilishicha, yaqinda Qohirada O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning Misr bosh imomi, "Al-Azhar" majmuasi rahbari shayx Ahmad Muhammad Toyyib bilan uchrashuvi hamkorlikni faollashtirishda qo‘shimcha turtki bo‘lib xizmat qilgan.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 22
1 3.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram