avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
06.12.2025 16:44
“Mirziyoyev – Yangi O‘zbekistonning asosiy energiya manbai” – ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan

5 dekabr kuni Xalqaro kongress markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi va “Vision Invest” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayyan Prezident Shavkat Mirziyoyev siyosatini yuksak baholadi.

“Yangi O‘zbekistonning asosiy energiya manbai - bu siz, hurmatli Prezident! Siz ilhom manbai bo‘lib butun xalqqa o‘rnak bo‘lib kelyapsiz. Siz o‘z kuchingiz, bilimingiz va g‘ayratingizni ayamaysiz. Siz nafaqat o‘z xalqingizni, balki boshqa mamlakatlardagi hamkasblaringizni ham shunday global islohotlarni boshlashga ilhomlantiryapsiz.

Mana shu 8-10 yil ichida siz qilgan ishlar, erishilgan natijalar, tarix sahifalariga muhrlandi. Ular O‘zbekiston solnomasiga zarhal harflar bilan yoziladi. Albatta, biz O‘zbekiston bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirishga hamisha tayyormiz va bu biz uchun katta sharafdir.”, - dedi u.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
2.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram