Saida Mirziyoyeva va Muhammad Abunayan o‘rtasidagi uchrashuvda qo‘shma loyihalar muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva “ACWA Power” kompaniyasi raisi va “Vision Invest” kompaniyasi direktorlar kengashi aʻzosi Muhammad Abunayan bilan uchrashuv
oʻtkazdi.
Uchrashuvda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi turmush sifatini yaxshilashga salmoqli hissa qoʻshadigan energetika, sogʻliqni saqlash, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, keyingi yillarda barqaror rivojlanish surʻatlarini koʻrsatayotgan Qoraqalpogʻistondagi istiqbolli loyihalarga alohida eʻtibor qaratildi.
��
@Muslimbek_Abdurahimov
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram