avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
03.12.2025 11:30
"Millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas" - Saida Mirziyoyeva ekologik vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Toshkent va respublikaning boshqa hududlarida kuzatilayotgan havo ifloslanishi bo‘yicha jiddiy vaziyat tezkor va keskin choralar ko‘rishni talab etmoqda. Shu munosabat bilan Prezident tomonidan muammoni bartaraf etish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish vazifasi Saida Mirziyoyevaga yuklatilgan.

Mazkur vazifa doirasida tuzilgan Maksus komissiya ayni kunlarda faol ish olib bormoqda. Qator reydlar o‘tkazilib, atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini buzgan korxonalar va mansabdorlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda amalga oshirilgan ishlar va dastlabki natijalar muhokama qilindi. Tadbirda shahar va viloyat hokimlari, tegishli idoralar rahbarlari hisobot berdi.

Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, komissiya qabul qilayotgan qarorlar tizimli bo‘lishi, faqatgina bugungi muammoni yemas, balki kelajakda ham bunday ekologik xavflarning oldini olishni ta’minlashi lozim. Shu maqsadda mas’ul idoralarga aniq muddatlarda samarali natijaga erishish vazifalari yuklatildi.

«Millat salomatligi ikkinchi darajali masala bo‘lishi mumkin emas — toza havo, suv va sog‘lom ekologik muhit uchun kurash oldimizda turgan eng asosiy vazifalardan biridir.» — dedi Saida Mirziyoyeva.

Tadbir yakunida ekologik nazoratni kuchaytirish, ifloslanish manbalarini aniqlash va jamoatchilik ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
1 3.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram