avatar
Muslimbek Abdurahimov
@Muslimbek_Abdurahimov
27.11.2025 15:45
Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istondagi ijtimoiy, sanoat va turizm loyihalari bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida sport, sanoat, ijod va turizm yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan muhim loyihalar bilan tanishdi.

Sport va yoshlar

Nukusda Sport gimnastikasi bo‘yicha respublika maktabi ochildi. Yangi maskan yoshlarning professional sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirib, milliy gimnastikaning xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sanoat va eksport

“Karakalpak BasaltWool” korxonasida mahalliy xomashyo asosida issiqlik saqlovchi mineral plitalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 80 foiz mahalliylashtirishga erishilgan loyiha hududning eksport salohiyatini oshirib, yangi ish o‘rinlari yaratmoqda.

Animatsiya va kreativ iqtisodiyot

Animatsiya bo‘yicha o‘quv kurslari faoliyati Nukusda o‘rganildi. Yoshlarning intilishi va ijodiy ishtiyoqi e’tirof etilib, bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni aynan Qoraqalpog‘istonda kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Agrosanoat

Kegeyli tumanidagi “Kegeyli Baraka Naslli Parranda” korxonasi “Qoraqalpog‘istonda biznes qiling” dasturining muvaffaqiyatli namunasidir. Bu yerda parranda go‘shti va tuxum ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, oziq-ovqat xavfsizligi ва mahalliy ishlab chiqarish mustahkamlanmoqda.

Turizm

Nukusda xalqaro standartlarga mos “Karakalpak Palace Hotel” mehmonxonasi ochildi. Ushbu loyiha hududning sayyohlik jozibadorligini oshirib, mehmonlar va investorlar uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratadi.

�� @Muslimbek_Abdurahimov
👍 1
6 4.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Muslimbek Abdurahimov

30.5K
Muhim yangiliklar va shaxsiy fikrlar blogi❗️

Inson...

👉 @YozibQoldiring_bot

👉 instagram*.com/muslimbek__abdurahimov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram