avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
09.05.2026 21:58
#Muslim_podcastda 
#Duolar 

ALLOHIM, DAJJOL FITNASIDAN PANOH BER

(Namozdan keyin o'qiladigan duo)

اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْمَأْثَمِ وَالْمَغْرَمِ

Ma'nosi: "Yo Alloh! Qabr azobidan, Masih Dajjol fitnasidan, hayot fitnasidan, o'lim fitnasidan, gunohlardan va qarzdorlikdan Senga sig'inaman".

Payg'ambarimiz ﷺ ning muborak 101 duolari

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
1
👍 1
🔥 1
🥰 1
👏 1
🕊 1
8 354
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
09.05.2026 13:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_oyati

ODAMLARDAN YO‘LGA QODIR BO‘LGANLARGA ALLOH UCHUN BAYTNI HAJ QILMOQ BURCHIDIR

Oyat tafsiri: Ushbu ikki oyatda Alloh taolo Baytullohning fazlini, qibla bo‘lishga eng haqli joy shu yer ekanini bayon qilyapti. Namoz vaqtida u tomonga yuzlanishdan tashqari, imkon topganlar uni haj qilishi ham farz bo‘lganini e’lon etyapti.

«Bakka» – Makkai Mukarramaning ismlaridan biridir. «Bakka» so‘zining lug‘aviy ma’nosi «taqillatib urmoq» bo‘lib, Makkada har qanday mag‘rurning ham bo‘yni egiladi, shuning uchun uni «Bakka», deb ham ataladi.

«Odamlarga muborak, olamlarga hidoyat qilib qo‘yilgan birinchi uy Bakkadagi uydir».

«Bakkadagi uy» – Baytulloh. Odamlarga ibodat uchun, butun olamlarning hidoyati uchun qurilgan birinchi uy Baytullohdir. Undan avval bunday uy qurilgan yo‘q. Bu uy muborak bo‘lib, uni kim haj yoki umra qilsa, ko‘plab yaxshilik va manfaatlar topadi.

«Unda ochiq alomatlar», ya’ni Baytullohning o‘zida boshqalardan ustunligiga ochiq-oydin alomatlar bor.

«...va maqomi Ibrohim bor».

Ulamolarimiz fikrlaricha, «Maqomi Ibrohim» deb Ibrohim alayhissalom Baytullohni qurayotganlarida ustida turgan toshga aytiladi. U toshga u zot alayhissalomning oyoq izlari tushib qolgan. Avvallari Ka’bai Muazzamaga tegib turar ekan. Keyinroq hazrati Umar roziyallohu anhu, uning yonida namoz o‘qiyotganlar tavof qilayotganlarga xalaqit bermasin deb chetroqqa oldirganlar. Hozirgi kunda shisha g‘ilof ichiga olinib, yerdan ma’lum miqdor ko‘tarib qo‘yilgan.

«Kim unga kirsa, tinch bo‘ladi».

Bu fazilat dunyodagi hech bir joyda yo‘q. Ibrohim alayhissalom bu baytni Allohning amri va o‘g‘illari Ismoilning yordami bilan qurganlaridan buyon har bir xavf-xatardagi odam uchun tinchlik-omonlik maskani bo‘lib kelmoqda. Hatto arablar johiliyat davrida ham bu qoidaga amal qilishgan. Ba’zi bir jinoyatchilar Masjidul Haromga kirib olishsa, unga tegmaganlar. Arablarda o‘ch olish tuyg‘usi juda yuqori bo‘lishiga qaramasdan, otasini o‘ldirib Masjidul Haromga kirib olgan odamni uchratgan o‘g‘il ham uning oldidan indamay o‘tib ketavergan.

Olimlarimiz ushbu oyati karimadan, jinoyat qilgan odam qochib Harami Sharifga kirib olsa, unga ozor berilmaydi, ammo unga joy, taom berilmasdan, muomala qilinmasdan, Harami Sharifdan qaytib chiqishga majbur etiladi va chiqqandan so‘ng ushlab jazosi beriladi, deb hukm chiqarishgan.

«Odamlardan yo‘lga qodir bo‘lganlarga Alloh uchun Baytni haj qilmoq burchidir».

Ushbu oyati karima ila haj ibodati farz bo‘lgan. Ma’noning o‘zidan bilinib turibdiki, haj ibodati hammaga ham farz bo‘lavermaydi. Balki «Odamlardan yo‘lini topganlariga» farz bo‘ladi. Ular kimlar? Ular – sog‘ligi yaxshi, hajga borib-kelishga oilasidan oshirgan mablag‘i bor, yo‘lida xavf-xatar yo‘q, ayol kishi bo‘lsa, mahrami bor shaxslardir. Ushbu shartlarni o‘zida mujassam etgan har bir musulmonga umrida bir marta haj qilish farzdir. Ular imkoni bo‘lib turib, haj qilmasalar, katta gunoh qilgan bo‘ladilar. Shuning uchun ham oyatning oxirida:

«Kimki kufr keltirsa, Alloh olamlardan behojatdir», deyilyapti.

Ya’ni kimki imkoni bo‘lib turib, haj qilmasa, Allohga buning zarari yo‘q. Chunki U – butun olamlarga, jami borliqqa va umuman, hech kimga hojati yo‘q Zot. Binobarin, haj qilmaganning toatiga ham behojatdir. Bu yerda imkoni bo‘lib turib, haj qilmaslik kufrga tenglashtirilyapti.

Haj ibodati musulmonlarning yillik umumiy yig‘ilishidir. Ular yilda bir marta o‘zlariga hidoyat nuri taralgan markazda to‘planadilar. Hamda ko‘plab foydalarga ega bo‘ladilar

📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Tafsiri hilol, 4-juz

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
3
👍 2
🥰 1
👏 1
🕊 1
17 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
09.05.2026 08:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hikmati

KIM DO'ST XOHLASA ALLOH KIFOYA QILUR

Ulamolar bisotidan

Kim do‘st xohlasa, Alloh kifoya qilur!
Kim hamroh xohlasa, Qurʼon kifoya qilur!
Kim boylik xohlasa, qanoat kifoya qilur!
Kim mavʼiza xohlasa, o‘lim kifoya qilur!
Kim bu to‘rt narsaga qanoat qilmasa, Alloh hidoyat qilur!

Suhandon: Muhammad Nur

Saodatga yetaklovchi hikmatlar

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
2
🕊 2
👍 1
🥰 1
👏 1
16 682
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
09.05.2026 04:58
#Muslim_podcastda 
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum va rаhmatullohi va barakatuhu!

Аllohni zikri bilan boshlangan kun xayrli bo‘ladi

Tong otganida:

سُبْحَانَ اللهِ وَالْحَمْدُ للهِ وَلاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَاللهُ أَكْبَرُ

Maʼnosi: "Allohni aybu nuqsonlardan poklab yod etaman. Allohga hamd bo‘lsin. Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyukdir."

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
4
🔥 3
👍 1
🥰 1
👏 1
15 680
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
08.05.2026 10:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hadisi

KIM JUMA NAMOZIGA BORSA...

🌙 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Kim chiroyli tahorat qilib, so‘ngra juma namoziga borib, (xutbaga) jim turib quloq tutsa, o‘sha juma bilan keyingi juma orasidagi va bunga uch kun qo‘shib (hammasi bo‘lib, o‘n kun orasidagi) gunohlari kechiriladi. Kim toshlarni ushlab (o‘ynasa), befoyda (lag‘v) ishni bajaribdi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Riyozus solihiyn, 13-bob 12-hadis

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
2
🥰 2
👍 1
👏 1
🕊 1
16 888
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
08.05.2026 08:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hikmati

ALLOHGA ISHON!

Ulamolar bisotidan

Kunlardan shikoyat qilma, ularning o‘rnini bosuvchi yo‘q! Dunyoga xafa bo‘lma, modomiki oxiri jo‘nashdir!
Allohga ishon, U Zotning tengi yo‘qdir! Unga shukr qilib yasha, barcha narsani go‘zal holda ko‘rasan!

Suhandon: Muhammad Nur

Saodatga yetaklovchi hikmatlar

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
4
🥰 2
👏 1
🕊 1
19 763
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
08.05.2026 06:58
#Muslim_podcastda

QUR'ON QIROATI

Kahf surasi

Shayx Alijon qori hafizahulloh

Hofiz Abu Bakr ibn Murdavayh Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Kim «Kahf» surasini Juma kuni o‘qisa, qiyomat kuni uning qadami ostidan nur chiqib, osmonu falakni yoritadi va uning ikki Juma orasidagi xatolari kechiriladi", deganlar.


Telegram Instagram*

Facebook* YouTube

Sahifalarimizga obuna boʼling va ulashing!
Kahf surasi - Shayx Alijon qori
@AlQuranuz
5
👍 2
🥰 2
👏 1
🕊 1
12 666
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
08.05.2026 04:58
#Juma_muborak

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Juma kunida bir soat borki, u paytda Allohdan biror yaxshilik so‘ralsa, albatta beradi" (Buxoriy va Muslim rivoyati).

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!

Yaqinlaringizga yuborib tabriklab qo‘ying


Telegram Instagram*

Facebook* YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
7
🥰 2
👏 1
🕊 1
65 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
07.05.2026 21:58
#Muslim_podcastda 
#Duolar 

DASTURXON DUOSI

الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَطْعَمَنِي هَذَا وَرَزَقَنِيهِ مِنْ غَيْرِ حَوْلٍ مِنِّي وَلَا قُوَّةٍ

Ma'nosi: «Mening kuch-qudratim va harakatimsiz menga ushbu taomni yedirgan va rizq qilib bergan Allohga hamdlar bo'lsin».

Payg'ambarimiz ﷺ ning muborak 101 duolari

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
3
🥰 2
👍 1
👏 1
21 795
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
07.05.2026 10:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hadisi

ALLOH ROZI BO'LADIGAN IKKI AMAL..

🌙 Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Biror ovqatni yeb hamd aytgan, biror ichimlik ichib hamd aytgan bandasidan Alloh taolo albatta rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Riyozus solihiyn, 13-bob 24-hadis

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
6
👍 2
🥰 1
🕊 1
29 3.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
07.05.2026 08:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hikmati

BAXT YONIMIZDA...

Ulamolar bisotidan

Ko‘pincha baxt-saodat qidiramiz, vaholanki, u yonginamizda bo‘ladi. Xuddi ko‘pincha ko‘zimizda turgan ko‘zoynakni qidirganimiz kabi.

Lev Tolstoy.

Suhandon: Muhammad Nur

Saodatga yetaklovchi hikmatlar

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
5
👍 1
👏 1
🕊 1
33 3.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
07.05.2026 04:58
#Muslim_podcastda 
#Xayrli_tong

Assalomu alaykum va rаhmatullohi va barakatuhu!

Аllohni zikri bilan boshlangan kun xayrli bo‘ladi

Tong otganida:

أَعُوذُ بِاللهِ السَّمِيعِ العَلِيمِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِ هُوَ اللَّهُ الَّذي لا إِلٰهَ إِلاَّ هُوَ ۖ عالِمُ الغَيبِ وَالشَّهادَةِ ۖ هُوَ الرَّحمٰنُ الرَّحيمُ هُوَ اللَّهُ الَّذي لا إِلٰهَ إِلاَّ هُوَ المَلِكُ القُدّوسُ السَّلامُ المُؤمِنُ المُهَيمِنُ العَزيزُ الجَبّارُ المُتَكَبِّرُ ۚ سُبحانَ اللَّهِ عَمّا يُشرِكونَ هُوَ اللَّهُ الخالِقُ البارِئُ المُصَوِّرُ ۖ لَهُ الأَسماءُ الحُسنىٰ ۚ يُسَبِّحُ لَهُ ما فِي السَّماواتِ وَالأَرضِ ۖ وَهُوَ العَزيزُ الحَكيمُ

Maʼnosi: “Eshituvchi va biluvchi Allohning nomi ila laʼnatlangan shaytondan panoh tilayman” U Alloh, Undan o‘zga iloh yo‘q zotdir. U g‘oyibni ham oshkorni ham biluvchidir. U mehribon va rahmlidir. U Alloh, Undan o‘zga iloh yo‘q zotdir. U-Malik, U-quddus, U-Salom, U-Mo‘min, U-Muhaymin, U-Aziz, U-Jabbor, U-Mutakabbirdir. Alloh Unga shirk keltirayotgan narsalardan pok. U Alloh Xoliq, Bariʼ, Musavvirdur. Barcha go‘zal ismlar Unikidir. Osmonlaru yerdagi barcha narsalar Uni poklab yod etadilar. Yana U-Aziz va hakimdir.

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
6
👍 1
🥰 1
👏 1
26 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
06.05.2026 21:58
#Muslim_podcastda 
#Duolar 

RASULULLOH ALAYHISSALOMNING XOS DUOLARI

اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى غَمَرَاتِ الْمَوْتِ وَسَكَرَاتِ الْمَوْتِ

Ma'nosi: «Yo Alloh! O‘limning shiddati (azobi, qiyinchiligi) va sarosimalariga qarshi menga yordam qil».

Payg'ambarimiz ﷺ ning muborak 101 duolari

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
4
👍 1
🥰 1
👏 1
🕊 1
15 820
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
06.05.2026 13:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_oyati

ODAMLARNI HAJGA CHAQIR...

Oyat tafsiri: Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir.

Demak, haj faqat Quraysh kofirlari uchun emas. Hamma odamlar uchundir.

«...ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo‘llardan yurib, ozgan ulovlar ustida kelsinlar».

Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib bo‘lsa ham kelsinlar. Yo‘l uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham kelsinlar.

Baytullohning egasi uning quruvchisiga shunday deb turganidan keyin, Quraysh kofirlarining musulmonlarni undan to‘sishga hech haqlari yo‘q.

«Va o‘zlariga bo‘ladigan manfaatlarga shohid bo‘lsinlar».

Baytullohni haj qilishda har bir hoji uchun ko‘plab dunyo va oxirat manfaatlari bor. Hajda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlar ko‘p. Hajga keluvchilar avvalo Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda bo‘ladi, qolaversa, bir-birlari bilan tanishadilar, o‘zaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Ularning bu manfaatlardan bahramand bo‘lishga haqlari borligini Allohning O‘zi e’lon qilib qo‘ygan. Endi qanday qilib Quraysh kofirlari musulmonlarni Masjidul Haromdan, mazkur manfaatlardan to‘sadilar?!

«Ma’lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so‘yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar».

Haj pallasi Allohni zikr qilish avjiga chiqadigan mavsum. Bu mavsumning avji esa iyd kunlari bo‘lib, unda zikr qurbonlik so‘yish jarayonida yana avjlanadi. Har bir hoji Alloh yo‘lida barcha narsani qurbon qilish ramzi sifatida Allohning nomini zikr etib turib, tuya, mol, qo‘y kabi chorva hayvonlarini qurbonlik qiladi.

«Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar».

Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan o‘zi yesa ham bo‘ladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham bo‘ladi.

Masjidul Haromning egasi Alloh taoloning bu amriga qarshi musulmonlarni o‘sha manfaatlardan, qurbonlik qilishdan, Allohning nomini zikr etishdan to‘sishga Quraysh kofirlarining nima haqqi bor?

📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Tafsiri hilol, 17-juz

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
6
👍 1
🥰 1
🕊 1
18 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
06.05.2026 10:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hadisi

QIRQTA XISLAT BOR, ULARNING ENG OLIYSI...

🌙 Abu Muhammad Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: «Qirqta xislat bor, ularning eng oliysi - sutini sog‘ib ichish uchun echkisini bermoqlikdir. Kimki mana shu xislatlardan birortasiga savob umidida va va’da qilingan narsaga ishongan holda amal qilsa, Alloh taolo jannatga kiritadi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.

Riyozus solihiyn, 13-bob 22-hadis

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
3
🥰 2
👍 1
👏 1
🕊 1
16 815
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Muslim/podcast.uz
@Muslim_Podcast_uz
06.05.2026 08:58
#Muslim_podcastda 
#Kun_hikmati

MUVAFFAQIYAT ISTASANG...

Ulamolar bisotidan

Har kuni kichik bir maqsadni bo‘lsa ham ro‘yobga
chiqarib, muvaffaqiyat pillapoyasidan ko‘tarilganing
o‘rningda jim qotib, mavhum narsani kutganingdan
yaxshiroqdir!

Suhandon: Muhammad Nur

Saodatga yetaklovchi hikmatlar

TelegramInstagram*

Facebook*YouTube

MUSLIM.PODCAST.UZ GA OBUNA BO'LING VA ULASHING
7
👍 1
👏 1
🕊 1
25 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Muslim/podcast.uz

4.5K
👉instagram*.com/muslim_podcast_uz
👉facebook*.com/muslimpodcastuz
👉youtube.com/@muslim_podcast_uz

Diniy savol uchun: @SavollarMuslimUzBot
Call markaz: +998 78 150-33-44

Xorijdagi hamyurtlarimiz uchun:
@fatvo_call_1
@fatvo_call_2
WhatsApp+998 9178066-33
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram