#Muslim_podcastda
#Kun_oyati
ODAMLARNI HAJGA CHAQIR...
Oyat tafsiri: Ey Ibrohim, odamlarni haj ibodatiga chaqir.
Demak, haj faqat Quraysh kofirlari uchun emas. Hamma odamlar uchundir.
«...ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo‘llardan yurib, ozgan ulovlar ustida kelsinlar».
Eng uzoq yurtlardan ham kelsinlar. Piyoda yurib bo‘lsa ham kelsinlar. Yo‘l uzoqligidan, mashaqqatliligidan ulovlari ozib-horib ketsa ham kelsinlar.
Baytullohning egasi uning quruvchisiga shunday deb turganidan keyin, Quraysh kofirlarining musulmonlarni undan to‘sishga hech haqlari yo‘q.
«Va o‘zlariga bo‘ladigan manfaatlarga shohid bo‘lsinlar».
Baytullohni haj qilishda har bir hoji uchun ko‘plab dunyo va oxirat manfaatlari bor. Hajda ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy manfaatlar ko‘p. Hajga keluvchilar avvalo Allohga ibodat qiladi, taqvosi ziyoda bo‘ladi, qolaversa, bir-birlari bilan tanishadilar, o‘zaro fikr va tajriba almashadilar, foydali maslahatlar oladilar, shuningdek, savdo-sotiq, tijorat ham qiladilar. Ularning bu manfaatlardan bahramand bo‘lishga haqlari borligini Allohning O‘zi e’lon qilib qo‘ygan. Endi qanday qilib Quraysh kofirlari musulmonlarni Masjidul Haromdan, mazkur manfaatlardan to‘sadilar?!
«Ma’lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so‘yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar».
Haj pallasi Allohni zikr qilish avjiga chiqadigan mavsum. Bu mavsumning avji esa iyd kunlari bo‘lib, unda zikr qurbonlik so‘yish jarayonida yana avjlanadi. Har bir hoji Alloh yo‘lida barcha narsani qurbon qilish ramzi sifatida Allohning nomini zikr etib turib, tuya, mol, qo‘y kabi chorva hayvonlarini qurbonlik qiladi.
«Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar».
Qurbonlik qiluvchi hoji qurbonligidan o‘zi yesa ham bo‘ladi, beva-bechora, faqir-fuqarolarga yegizsa ham bo‘ladi.
Masjidul Haromning egasi Alloh taoloning bu amriga qarshi musulmonlarni o‘sha manfaatlardan, qurbonlik qilishdan, Allohning nomini zikr etishdan to‘sishga Quraysh kofirlarining nima haqqi bor?
📝
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Tafsiri hilol, 17-juz
TelegramInstagram*
Facebook*YouTube
MUSLIM.PODCAST.UZ GA
OBUNA BO'LING VA
ULASHING
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram