Ko‘pchilik akustika deganda faqat konsert zallari yoki tadbir o‘tkaziladigan katta hududlardagi ovoz tizimlarini tushunadi. Aslida esa rivojlangan davlatlar, masalan, Buyuk Britaniyada akustika oddiy turar joy binolarida ham inson qulayligining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Hozir bu mamlakatda qurilayotgan turar joy binolarida akustik talablar alohida nazorat qilinadi. Ayniqsa, temir yo‘l yaqinida joylashgan, shovqin ko‘p hududlarda qurilgan yoki atrofida faol obyektlar mavjud bo‘lgan binolarda bu masalaga juda katta e’tibor qaratiladi. Toki insonlar tinchlik va komfortda yashasin.
Qurilish me’yorlarida har bir devor, pol va shiftning ovoz o‘tkazuvchanlik darajasi bo‘yicha aniq normativlar bor. Qurilish tugagandan keyin esa bino ikki asosiy yo‘nalishda sinovdan o‘tkaziladi:
1️⃣ Air tightness — binoning havoni qanchalik ushlab qolishi. Bu issiqlik yo‘qotilishi va energiya samaradorligi bilan bog‘liq.
2️⃣ Akustik sinovlar. Bunda qo‘shni kvartiradan, yuqori qavat yoki tashqaridan kelayotgan shovqin darajasi tekshiriladi.
Buyuk Britaniyada binoning faoliyat turidan kelib chiqib shovqin oʻtkazmaslik talablari mavjud. Masalan, men boshqarayotgan 6 qavatli turay joy binosida bu talab 57 dB ni tashkil etadi. Ichki xonalar orasida esa boshqa standartlar amal qiladi. Agar bino bu talablarga javob bermasa, obyektni topshirishga ruxsat berilmaydi va qo‘shimcha qurilish ishlari bajarilishi kerak bo‘ladi.
Bu talablar insonning kundalik hayotdagi qulayligini ta’minlash uchun qoʻyiladi. Chunki oddiy mebel surilishi, yuqori qavatdagi qadam tovushlari yoki yon qo‘shnining baland ovozi ham uzoq muddatda odamning ruhiy holati va yashash sifatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Shu sababli rivojlangan davlatlarda akustika faqat “ovoz” masalasi emas. Bu — insonning sifatli yashashi, tinchligi va shaxsiy hududini himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim qurilish standartlaridan biri.
👍11
❤1
4 310
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram