Qurilishdagi erkinlik va nazorat o‘rtasidagi xavfli chiziq haqida
Oxirgi yillar O‘zbekistonda, ayniqsa, Toshkentda zamonaviy turar joy binolari qurilishi keskin oshdi. “Kоrobka” holatida uy sotish ham juda keng tarqaldi, bunda odamlar uyini o‘z didiga ko‘ra rejalashtiradi. Bu qulaylik ortida esa yashirin jiddiy xavf ham bor.
Ko‘p hollarda fuqarolar loyiha va konstruktiv talablarni e’tiborsiz qoldirib, yuk ko‘taruvchi devorlarni buzib, kolonnalarni kesib yoki pollarni teshib o‘zgartirish kirityapti. Bu esa butun bino mustahkamligiga zarar yetkazadi va favqulodda holatlarda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aslida har bir binoning kadastr hujjatlarida aniq loyiha va reja ko‘rsatilgan bo‘ladi. Lekin amalda bu hujjatlar ko‘pincha faqat qog‘ozda qolib ketyapti, ularga amal qilish madaniyati yetishmayapti.
Yaqinda yirik individual uylar uchun ekspertiza talabi joriy etilganidan quvondim. Lekin foydalanish jarayonida o‘zboshimchalik bilan qayta rejalashtirishlar asosiy muammoligicha qolyapti. Shu bosqich nazorat qilinmasa, barcha qurilish talablari samarasiz bo‘ladi. Bu yerda gap birgina xonadon haqida emas. Bitta noto‘g‘ri qaror butun bino va undagi o‘nlab oilalar xavfsizligiga tahdid soladi. Shuning uchun qayta rejalashtirish qat’iy tartib va ruxsat asosida amalga oshirilishi shart.
Shaharlarimizni tartibsiz va mantiqsiz “arxitektura laboratoriyasi”ga aylantirib qo‘ymasligimiz kerak. Gruziyada ruxsatsiz qurilgan kulgili va absurd binolar bunga yaqqol misol. Erkinlik nazoratsiz qolsa, natija ko‘pincha xavfli va xunuk bo‘ladi. Umuman olganda, qurilishda erkinlik bo‘lishi mumkin, lekin u muhandislik qonunlaridan ustun bo‘lmasligi kerak.
👍9
❤4
👏3
🤔1
🤯1
5 488
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram