avatar
Doniyorbek Muminov | Qurilish bo'yicha mutaxassis
@MuminovDoniyorbek
22.04.2026 12:32
Masofaviy ish ideal emas

COVID-19 pandemiyasi dunyo bo‘ylab ish tizimini tubdan o‘zgartirdi. Masofadan ishlash, gibrid model, onlayn ta’lim bir paytlar kelajak modeli sifatida ko‘rilgan edi. Ko‘pchilik endi ofis kerak emas, degan xulosaga ham kelgandi. Lekin oradan bir necha yil o‘tib, real natijalar biroz boshqacha chiqdi.

Masalan, Buyuk Britaniyadagi Barclays tajribasini olaylik. Pandemiya davrida ular ham ko‘plab jarayonlarni masofaviyga o‘tkazdi. Natijada London markazida ofislarga talab keskin tushdi, ijaralar arzonlashdi, hatto ayrim binolar turar joyga aylantirila boshladi. Ya’ni bitta pandemiya butun shaharning arxitekturasi va ko‘chmas mulk bozoriga ta’sir qildi.

Lekin vaqt o‘tishi bilan muammo yuzaga chiqdi. Masofaviy xizmatlar hammaga ham mos emas ekan. Ayniqsa, yoshi katta aholida mobil banklardan foydalanish darajasi past, internet sifati hamma joyda ham barqaror emas. Natijada bank xizmatlari sifati pasaydi. Shu sabab Barclays yana ofislarni qayta ochishga majbur bo‘ldi, hatto yuzlab filiallarni tiklash qarori qabul qilindi.

Zamonaviy trendlar har doim ham universal yechim emas.


Bugun O‘zbekistonda ham masofaviy ishlar, startaplar, gibrid tizimlar faol targ‘ib qilinyapti. Lekin biz bir narsani unutib qoʻyamiz: har bir model jamiyatga, infratuzilma va aholining tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi kerak. Ko‘r-ko‘rona ko‘chirish emas, moslashtirish kerak.

COVID-19 bizga yana bir narsani ko‘rsatdi: tizimlar keskin o‘zgarishi mumkin, lekin barqaror model baribir muvozanatda bo‘ladi. Bugun yana ofislar ishlayapti, ijaralar tiklanyapti, shahar hayoti o‘z ritmiga qaytyapti.

Xulosa oddiy: Innovatsiya yaxshi, lekin real hayot undan koʻra muhimroq.
👍 6
1
2 594

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Doniyorbek Muminov | Qurilish bo'yicha mutaxassis

825
Qurilish bo'yicha mutaxassis Doniyorbek Muminovning kanaliga xush kelibsiz!

🏗 Construction Manager | Buyuk Britaniya, Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya tajribasi.
Открыть в Telegram